Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda niqobsiz fuqaro IIB xodimiga «tirsak qo‘ydi»

Chirchiqda niqobsiz fuqaro IIB xodimiga «tirsak qo‘ydi»

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 30-oktyabr kuni soat 23:00da Chirchiq shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tungi xizmat vaqtida mast holatda, karantin qoidalarini buzib tibbiy niqobsiz turgan fuqaro N.S.ga duch kelgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, xodimlar qonunbuzar fuqaroga karantin talablarini eslatib tanbeh berishganida, N.S. faol qarshilik ko‘rsatgan holda o‘ng tirsagi bilan IIB xodimi S.A.ning yuz qismiga bir marta urib tan jarohati yetkazib, xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan.

31-oktyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro N.S.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlari yumshatilgan. Biroq jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr) saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish talabi ham boshqa qator talablar bilan birga saqlanib qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring