Chirchiq pedagogika instituti kafedra mudiri ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri A.N. fuqaro U.ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib quyish evaziga 4 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter