Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq davlat pedagogika institutida «Gimnastrada» musobaqalari o‘tkazildi

Chirchiq davlat pedagogika institutida «Gimnastrada» musobaqalari o‘tkazildi

Institut axborot xizmati

2018-yil 27-aprel kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi hamda sportni ommalashtirish va jismoniy madaniyatni rivojlantirish maqsadida «Sport — nafislik va salomatlik asosi» shiori ostida «Gimnastrada» musobaqalari o‘tkazildi.

Talabalarni ommaviy sportga keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularda sport va jismoniy madaniyat qadriyatlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda jamoaviy sport turlarini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir musobaqalari talaba yoshlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, guruhning maqsad sari birgalikda intilish ko‘nikmalarini shakllantirish, sportning milliy xususiyatlarini namoyish etish, jismoniy mashqlar madaniyatini rivojlantirish, talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatni mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladigan musobaqa tarzida tashkil etildi.

Institutning pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa ishtirokchilari ikki shart («Jismoniy mashqlarni bajarish texnikasi» va «Sport harakatlari va milliy musiqa uyg‘unligi») bo‘yicha har biri 50 ballik tizim asosida bellashdilar.

Ushbu musobaqa «Luchshiy zelyoniy chay» savdo belgisi bosh homiyligida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi, O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Chirchiq shahar Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Chirchiq shahar kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Musoboqada Tarix va tillar, Aniq va tabiiiy fanlar va Pedagogika fakultetlarining o‘ttizta yo‘nalish bo‘yicha guruh talabalari ishtirok etdilar. Har bir guruhda 15 nafardan 30 nafargacha talabalar o‘zlarining jismoniy mashq elementlarini namoyish qildilar.

Musobaqani O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi terma jamoalarini shakllantirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, dotsent Arziboyev Qodirjon Odiljonovich,Gimnastika Hamma uchun va sport aerobikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh treneri Radimseva Yulya, Iqtiroli bolalar Xalqaro innovatsion loyihasi rahbari Abramashvili Anna, Arxitektura qurilish institutiJismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Mirzayev Abdulxamid Ma’rifovich, Chirchiq shahar XTB J.T. va sport metodisti O‘zbekiston «Yoshlik» JTSJ rais o‘rinbosari Kadirova Nuriye Abduramanovna, Chirchiq shahar 9-son umumta’lim o‘rta maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Ametova Natalya Nikolayevna, Chirchiq shaxar BO‘SM badiy gimnastika murabbiy Kulaxmetova Olmagul Berdibayevna, Toshkent viloyati Qibray tumani BO‘SM da Badiiy gimnastika murabbiyi Abduxakimova Komila Abduxalilovna va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi XTXQTMOM «Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi» katta o‘qituvchisi Toshmuxamedova Dilnoza Tillavoldiyevnalardan iborat Hakamlar hay’ati tarkibi baholab bordilar.

Ushbu o‘tkazilgan musobaqa jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining musobaqalar tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan amaliyot oldi tajribalarni boyitish vositasi bo‘lib xizmat qildi.

Musoboqa g‘oliblariinstitut ma’muriyati, homiy va hamkor tashkilotlar tomonidan diplom hamda esdaliq sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari musobaqa ishtirokchi jamoalariga «Eng hamjihat jamoa», «Eng harakatchan jamoa», «Eng intizomli jamoa», «Eng quvnoq jamoa», «Eng intiluvchan jamoa» nominatsiyalari bo‘yicha institut ma’muriyati tomonidan  «Tashakkurnoma»lar taqdim etildi.

Institut axborot xizmati 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring