Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq daryosiga o‘lik baliqlar qayerdan kelib qolgani ma’lum qilindi

Chirchiq daryosiga o‘lik baliqlar qayerdan kelib qolgani ma’lum qilindi

Davlat ekologiya qo‘mitasi Chirchiq daryosida baliqlarning ommaviy nobud bo‘lgani to‘g‘risida e’lon qilingan videomurojaat bo‘yicha o‘rganish natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, o‘rganish davomida mazkur holat Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi «Qo‘sh yog‘och» MFYda joylashgan «Azizjon Nurli Agro Fayz» MChJga tegishli bo‘lgan baliqlar saqlanadigan hovuzda sodir bo‘lgani aniqlangan.

24 sentyabr kuni baliqchilik xo‘jaligida yetishtirilgan baliqlarni ovlash davrida hovuz suvi kamaygani, baliqlar uzoq muddat to‘rda qolib ketgani, havo haroratining ko‘tarilishi oqibatida suvning me’yoridan ortiq darajada iligani, hovuzdagi suv tarkibida kislorod yetishmagani sababli baliqlar nobud bo‘la boshlagan. Shundan so‘ng chala o‘lik baliqlar hovuzga 10 metr masofa uzoqlikda bo‘lgan Chirchiq daryosiga oqizilgan.

Ishchi guruh tomonidan mobil laboratoriya jalb qilinib, Chirchiq daryosi va baliqchilik xo‘jaligidagi suv havzalaridan namunalar olingan.Tahlil natijalarida suvning kimyoviy moddalar yoki boshqa ta’sirlar natijasida ifloslanmagani aniqlangan.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, baliqchilik hovuzida baliq boqish va nobud bo‘lgan baliqlarni belgilangan tartibda yo‘q qilish bo‘yicha alohida tekshirish o‘tkazilib, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring