Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqmoqda. Muammo nimada?

Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqmoqda. Muammo nimada?

Toshkent viloyatining Qibray tumani «Chingeldi»  mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, «Toshkent suv ta’minot»  MChJ Chirchiq shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududda o‘rganish olib borilgan. 

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Chirchiq daryosi Chingeldi hududidan o‘tgan qismiga Chirchiq suv tozalash inshootidan kelib quyilayotgan qayta ishlangan oqava suv massasi tashlanmoqda. Suvning tashqi ko‘rinishida kimyoviy moddalar mavjud ekani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Qibray tumani hududlarida joylashgan sanoat korxonalari tomonidan mazkur oqava suv tizimiga me’yoridan ortiq kimyoviy moddalar oqizilayotgani, ushbu korxonalarda zamonaviy lokal tozalash inshootlarining mavjud emasligi sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda mutaxasislar tomonidan suvdan laboratoriya tahlil uchun probalar olindi, o‘rganish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqanddagi ariqda binafsharang suv oqqani ham muhokamalarga sabab bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring