Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiqindi yig‘ishni o‘rgangan qarg‘alar

Chiqindi yig‘ishni o‘rgangan qarg‘alar

Foto: «Haber7.com»

«Fransiyadagi ko‘ngilochar parkda 6 ta qarg‘aga chiqindi yig‘ish o‘rgatildi», — deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Qutichalarga yiqqan har bir chiqindi uchun qarg‘alar mukofot – yem oladi.

Mamlakat g‘arbidagi «Puy du Fou» parkida qarg‘alar allaqachon o‘rgangan yumushlariga kirishib ketdi.

«Bundan maqsad faqat chiqindi yig‘ish emas. Zotan, sayyohlarning madaniyati yuksak: ular chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashadi. Ayni paytda tabiatning o‘zi ham atrof-muhitni ozoda saqlash imkoniyatiga ega. Shunisi muhim», – deydi park boshqaruvchisi Nikolas de Villiyers «AFP» axborot agentligiga intervyu beraturib.

Qarg‘alar – aqlli qush. Ular insonlar bilan muloqot qila oladi. O‘rgatilgan yumushlarni bemalol bajaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring