«Chiptam bor, lekin o‘yinga kirolmadim». Stadiondan quvilgan muxlislar
O‘zbekistonga, xususan, vodiyga futbol qaytmoqda. Buni superliga bahslaridan, «Navbahor»ning g‘alabalaridan bilish mumkin. Vodiy ahli ham futbolni juda sog‘ingan edi.
Xabar berganimizdek, 23-mart kuni Andijon shahridagi «Sog‘lom avlod» stadionida O‘zbekiston OTJ va Keniya OTJ o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda xalqaro darajadagi o‘yinlar ilk marta viloyatlarda tashkil etilayotgani bois mazkur uchrashuvga qiziqish juda katta edi. Ham Osiyo chempionlarini stadiondan ko‘rishni istagan muxlislar ham anchagina edi.
Lekin tahririyatimizga murojaat qilishlaricha, «Sog‘lom avlod» stadioniga kirishda bir qator tartibsizliklar yuzaga kelgan. Keyin esa qo‘lida chiptasi bo‘la turib, minglab ishqibozlar IIB xodimlari tomonidan o‘yinga kiritilmagan.
«To‘g‘ri, budjet tashkilotlarga shunday taklifnomalar berilgan. Lekin chiptada yozilgan joy va qatorga yana kim o‘tirib olishi mumkin?», deb yozadi fuqaro.
Bu yerda yo chipta sotuvlarida bir gap bor, yoki mahalliy hokimiyat organlari ishni noto‘g‘ri tashkil qilgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham, futbol ko‘raman deb yo‘l bosib kelgan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida mutasaddilardan ushbu holatga izoh so‘rab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter