Chinozda yana bir «Ahmadboy» chiqib qoldi
2018-yil 14-iyun kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan, K.Yu. 2016-yil may-iyun oylarida «Yangiyo‘l avtobiznes servis MChJ» deb yozilgan soxta tashrif qog‘ozi bilan fuqarolarni ishonchiga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ulardan foiz hisobida pul va qora mollarni ikki barobar qiymatda qaytarib berishni va’da qilib, jami 330 500 000 so‘m pullarini olgan va o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan K.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter