Chinozda is gazi bilan bog‘liq fojia ro‘y berdi
Kecha, 3-mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashagan nafaqadagi R.M. (ismli ayol)ning uyidagi isitish pechi yoqiq holda nazoratsiz qoldirilishi oqibatida fojia ro‘y berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan R.M. va uning 48 yoshli qizi zaharlanib, voqea joyida vafot etganlar.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter