Chinozda ikki yoshli qizaloq ariqqa tushib, vafot etdi
16-aprel kuni Chinoz tuman ichki ishlar boshqarmasi tomonidan baxtsiz hodisa qayd etildi. Aniqlanishicha, 2 yoshli qizaloq F.B. uyi oldidan oqib o‘tuvchi ariqqa tushib ketgan.
Onasi ushbu holatni ko‘rib qolib, qizini ariqdan chiqargan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan hamda tez tibbiy yordam xizmatini chaqirtirgan. Tez tibbiy yordam xodimlari hodisa joyiga yetib kelishganda qizaloq vafot etgan edi.
Hurmatli fuqarolar! Farzandingizning har bir qadamidan ogoh bo‘ling. Bola qiziquvchan bo‘ladi. Dunyoni o‘z tasavvurida anglaydi. Uning murg‘ak qalbida bu noto‘g‘ri, bu yomon degan tushuncha shakllanmagan. Shu sababli xavfsizlik choralarini ko‘rishni unutmang!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter