Chingiz Aytmatov xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning vafot etganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan u mangu qo‘nim topgan Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Ota bayit» qabristoni bugun, 10 iyun kuni gavjum bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Xotira marosimida Qirg‘iziston hukumati a’zolari va yozuvchining muxlislari ishtirok etdi.
Chingiz Aytmatov 1928-yil 12-dekabr kuni Qirg‘izistonning Talas viloyati Shakar qishlog‘ida tavallud topgan edi.
Mashhur yozuvchi Qirg‘izistonning Lyuksemburg, Belgiya va Hollandiyadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Aytmatov Yevropa ittifoqi, NATO, YuNESKOning qirg‘iz delegatsiyasi vakili ham bo‘lgan.
Uning asarlari 157 tilga tarjima qilingan.
Mashhur yozuvchi 2008-yili may oyida Rossiya telekanallaridan biriga intervyu berish maqsadida Tatariston poytaxti Qozon shahriga borgan va o‘sha joyda tobi qochib qolib Germaniyaga olib ketilgan edi.
Aytmatov 2008-yil 10-iyun kuni Germaniyada vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter