Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chimyon tog‘larida fuqaro besh nabirasi bilan adashib qoldi

Chimyon tog‘larida fuqaro besh nabirasi bilan adashib qoldi

16-avgust taxminan soat 13:50 fuqaro D.G Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

Unda aytilishicha, murojaatchi 15-avgust kuni Bo‘stonliq tumani, Chimyon tog‘ tizmasiga sayr qilish maqsadida 5 nafar nabiralari bilan borgan va yo‘ldan adashib qaytib tushmaganligini ma’lum qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadining alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan axoli punktidan 15 km uzoqlikda bo‘lgan Mozorsoy va Teshik tosh tog‘lari xududi bo‘ylab olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 16-avgust soat 18:20 da fuqarolar topilgan.

Ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib tog‘ cho‘qqisidan olib tushilgan.

Fuqarolarning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan, deyiladi FVV ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring