Chilonzorda o‘g‘rilarning izidan tushildi

Chilonzor tumanida yashovchi 53 yoshli Mirkarim M. ichki ishlar organlariga murojaat qildi.
Uning ma’lum qilishicha, 20-mart kuni tushlik paytida uyining eshigini ochiq qoldirganida, noma’lum shaxslar bundan foydalanib, uydan 26 million so‘m va 750 AQSh dollarini o‘g‘irlaganlar.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ishi qo‘zg‘atildi. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi 37 yoshli Hayotbek S. va Mirkomil X.lar qo‘lga olindilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter