Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilining yangi prezidenti jinoyatchilar uyasiga ko‘chib o‘tdi

Chilining yangi prezidenti jinoyatchilar uyasiga ko‘chib o‘tdi

Foto: «Realist» AA

Chilining yangi prezidenti Gabriel Borich jinoyatchilik va qashshoqlik avj olgan tumanga ko‘chib o‘tdi.

Borich 35 yoshida Chili tarixidagi eng yosh prezident bo‘lgandi. O‘z xizmat vazifasini bajarishga 2022-yil martidan kirishdi.

Yosh prezident ishni jinoyatchilik va qashshoqlik avj olgan hududlarni qutqarishdan boshlagani ibratli. U hozir poytaxt Santyagoning ana shunday tumani — Yungayda istiqomat qilyapti.

Bir-ikki oyning nari-berisida yungayliklar turmushlari yaxshilanayotganini payqab qolishdi. Prezident ularga qo‘shni bo‘lganidan beri ko‘chalarda politsiya patrullari tinmay qatnamoqda, giyohvand moddalar sotuvchilarning izlari quridi. Mahalliy iqtisodiyot anchayin jonlangani aytilmoqda.

Tumanda ko‘chmas mulkka talab keskin oshgani ham haqiqat: kim prezidentga qo‘shni bo‘lishni istamaydi deysiz?..

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring