Chilidagi yirik yong‘in qurbonlari soni ortmoqda
Chilidagi o‘rmon yong‘inlari deyarli 43 ming gektar maydonni, jumladan, 1 million aholiga ega Valparaiso provinsiyasini qamrab oldi. Kuchli o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 51 nafarga yetdi.
«Fojea ko‘lamini hisobga olsak, yaqin soatlarda qurbonlar soni ortishi aniq», – dedi Chili prezidenti Gabriel Borik shanba kuni televideniye orqali bergan bayonotida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Mudofaa vazirligi barcha zarur resurslarni ta’minlagan holda jabrlangan hududlarga ko‘proq harbiy qismlarni joylashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin 8 ming gektarga yaqin maydonni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlarida kamida 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter