Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilini mamlakat tarixidagi eng yosh prezident boshqaradi

Chilini mamlakat tarixidagi eng yosh prezident boshqaradi

Foto: «AA»

Chilidagi prezidentlik saylovi ikkinchi turidan so‘ng 35 yoshli Gabriel Borik g‘alaba qozondi.

Mamlakat Saylov xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, saylov byulletenlarining 99,9 foizi hisob-kitob qilinganidan so‘ng, «Qadr-qimmatni qadrlayman» so‘llar koalitsiyasi nomzodi Gabriel Borik uchun saylovchilarning 55,87 foizi ovoz bergani oydinlashdi.

Shu tariqa Borik Chili tarixidagi eng yosh prezidetga aylandi.

Uning raqibi — Respublikachilar partiyasi vakili Xose Antonio Kasta 44,13 foiz ovoz to‘pladi. Yakuniy natijalarni bilganidan so‘ng, Kasta Borikni ijtimoiy tarmoqlar orqali g‘alaba bilan tabriklab, konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga shayligini bildirdi.

2022-yilning 11-martidan rasman Chili prezidenti sifatida faoliyatga kirishadigan Gabriel Borik 2022–2026-yillarda mamlakatni boshqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring