Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatga olishga oid talablar soddalashtirilmoqda

Chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatga olishga oid talablar soddalashtirilmoqda

O‘zbekiston hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi  qarorida qayd etildi.

«Norma» portali ma’lumotiga ko‘ra, hujjat bilan chet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxatga olish uchun yagona muddat o‘rnatilmoqda – 3 kun ichida.

Shuningdek, mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha ro‘yxatga olishni faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilinmoqda.    Endilikda bunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining ma’muriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga «E-mehmon» dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiradi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring