Chernobil fojiasidan 32 yil o‘tib ham hanuz radiatsiya yo‘qolmagan
Ukrainalik, angliyalik va norvegiyalik mutaxassislar olib borgan tadqiqotga ko‘ra Chernobil falokatidan 32 yil keyin ham hududda radiatsiya borligi aniqlandi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Dunyodagi eng ulkan fojia deya baholangan Chernobil AESida sodir bo‘lgan texnogen falokatdan 32 yil keyin ham atrofdagi sigirlarning sutida radiatsiya borligi aniqlandi.
Falokat markazidan 200 kilometr olisdagi Rivne qishlog‘idagi sigirlarning suti laboratoriyada tekshirilganda sutning tarkibida radiatsiya borligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter