Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarachilarning qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Chegarachilarning qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslikka da’vat qilganlik javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu borada Prezident tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga oid Qonun imzolandi.

Shunga ko‘ra, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklarni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko‘rsatilgan muddatda DXX Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu bo‘linmalarda hozir bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik BHMning 1 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish BHMning 3 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring