Chechenistonda 8 yildan beri qidirilayotgan jangari yo‘q qilindi
Chechenistonda 2012-yildan beri qidirilayotgan jangari yo‘q qilindi.
«Bugun Achxoy-Martan tumanida o‘tkazilgan maxsus aksilterror operatsiyasi davomida noqonuniy qurolli guruh ishtirokchisi Kazbek Baydulayev yo‘q qilindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar safida yo‘qotishlar yo‘q», — deb yozdi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z telegram-kanalida.
Qodirovga ko‘ra, 32 yoshli Kazbek Baydulayev yolg‘iz, heya qanday sheriklari bo‘lmagan.
«Agarda kimda-kim qonunni buzish va terror yo‘lini tanlashni o‘ylasa, oldindan bitta yo‘lga chipta olib qo‘ysin: yo panjara ortiga yoki narigi dunyoga», — deya xulosa yasagan Ramzan Qodirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter