Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charlz III toj kiyganidan so‘ng, rafiqasining unvoni o‘zgaradi

Charlz III toj kiyganidan so‘ng, rafiqasining unvoni o‘zgaradi

Charlz III va rafiqasi Kamilla

Charlz III toj kiyganidan so‘ng, uning rafiqasi Kamillaga yangi unvon beriladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Ilgari amaldagi qirol yoki qirolichaning turmush o‘rtog‘i unvoniga «konsort» so‘zi qo‘shib aytilgan. Endi bunaqa bo‘lmaydi.

2023-yilning may oyida Charlz III ga toj kiydirish marosimi o‘tkaziladi, uning xotini Kamillani oddiygina qilib qirolicha deb atash rusumga kiritiladi.

Bukingem saroyi nazarida, oldingi «qirolicha-konsort» hayotiy emas edi. Masalan, Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i Filipp rasman shahzoda-konsort bo‘lsa-da, hech kim uni bunday ta’riflamagan. Qirol Jorj V (Georg V)ning rafiqasi ham qirolicha-konsort edi, ammo uni qirolicha Yelizaveta, deb atashgan.

Wikipedia ma’lumoti: konsort — amaldagi monarxning turmush o‘rtog‘i (inglizcha «consort» so‘zidan olingan)ni anglatish uchun tatbiq etilgan. Konsort-qirolicha haqiqiy — taxtda o‘tirgan qirolicha (masalan,  Yelizaveta II)dan shunisi bilan farq qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring