Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chang bo‘ronlarini to‘xtatsa bo‘ladi: muammo ildizi va yechimi

Chang bo‘ronlarini to‘xtatsa bo‘ladi: muammo ildizi va yechimi

Qum bo‘ronlari har doim bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan bo‘lib turgan. Unutilgan. Lekin zamonaviy dunyodagisi ancha xavfli? Nega? Sababi, bu chang-to‘zonlar orasida tuzlar ham uchadi, miqdori ham ancha yuqori. Qum-chang zararli bo‘lmasligi mumkin, lekin tuz uchsa yomon. Birinchidan, o‘simlik va daraxtlarning bargini qoplaydi, zararlaydi, quritadi. Qishloq xo‘jaligi muhim soha hisoblangan O‘zbekiston uchun bu juda jiddiy holat.

Bu safargisida omadimiz sal keldi. Bahor yoki yozda emas, kech kuzda, o‘simliklar uyquga hozirlik ko‘rayotgan bir vaqtda.

Bu muammo olimlar tomonidan ancha yillar avval bashorat qilingan, ko‘plab ilmiy ishlar olib borilgan, ishlanmalar taklif etilgandi. Birinchisi, tuz uchadigan hududlarda o‘sha mintaqa o‘simliklarini ekish; ikkinchisi, tuzni uchmaydigan holatga o‘tkazish.

Bir vaqtlar, taxminan o‘n-o‘n besh yillar avval cho‘l o‘simligini qumda o‘stirish (suratdagi o‘simlik), o‘sha o‘simlikni bakteriyalar bilan oziqlantirish biotexnologiyasi ishlab chiqilgan, lekin ishlanmalar laboratoriyada qolib ketaverdi.

Tuzlar yoki og‘ir metallarni bakteriya polimerlari yordamida «qotirish» (yutish) ishlari ham olib borilgan, jarayon va bu jarayonda qo‘llanadigan biologik vositalarning fundamental natijalari ilmiy nashrlarda ham e’lon qilingan:

https://www.scirp.org/html/13-6701948_36802.htm

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0141813020343932

https://link.springer.com/article/10.1007/s13205-017-0811-9

Bu tuzli chang-to‘zonlar hali ko‘p o‘zini eslatadi. Qaysi faslda qo‘zg‘alishi qarab xavf ko‘lami turlicha bo‘ladi. Agar bahor yoki yozning boshida bo‘lsa, unda unda iqtisodiy zarari juda katta bo‘ladi. Butun boshli dalalardagi o‘simliklar, daraxtlar xavf ostida qoladi. Jiddiy masala shuki, biz potensial tuz zahirasi markazida joylashganmiz.

Yuqorida ham eslatdim, muammo bir kunda yuzaga kelmadi. Yechimi bor, yana yangilari taklif etilishi mumkin bo‘lgan holda, buni nazardan chetda qoldirdik.

Yechim bormi?

Yechim bor, ilmiy asoslangan. Birinchidan, bir yillik, arzon tushadigan o‘simlik qoplamini hosil qilish. O‘simliklar nomenklaturasi, cho‘lda oziqlantirish biotexnologiyasi ma’lum.

Ikkinchidan, o‘sha tuzlarni arzonga tushadigan biomateriallar (olish usuli ma’lum) bilan qotirish.

Esdan chiqarmaylik, bu kabi ekologik tahdidlar bor va biz kelajakda ko‘p yuzlashamiz.

Baxtiyor Abdug‘ofur

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring