Toshkentda kuchli chang-to‘zon: sabab nima va u qachongacha cho‘ziladi?
11-sentyabr kuni poytaxt Toshkentda kuchli chang-to‘zonli ob-havo kuzatildi. Gidrometeorologiya xizmati ushbu hodisa yuzasidan tushuntirish berdi.
Kavkaz hududida hafta davomida shakllangan salqin va nisbatan nam havo oqimlari Kaspiy dengiz orqali respublikamizning shimoliy-g‘arbiy hududlariga, 11-sentabrda O‘zbekistonning boshqa hududlariga kirib keldi. G‘arbiy oqim fronti respublikaning ko‘pchilik hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-17 m/s gacha, janubda va cho‘l hududlarda 20 m/s kuchayishiga olib keldi.
Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol chang-to‘zon bilan qayd etildi, ko‘rinuvchanlik 500-2000 metrgacha yomonlashdi.
Kunning ikkinchi yarmida frontal bulutli chiziq Toshkentning g‘arbiy tumanlariga yaqinlashdi. Soat 15:05 dan 16:00 gacha Toshkentda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Shamol yerning qurigan yuzasidan chang zarralarini ko‘tardi, bu esa havoning hiralashishiga va ko‘rinuvchanlik 1400 metrgacha yomonlashishiga sabab bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Toshkentda atmosfera havosidagi RM10 mayda zarrachalarining miqdori 1322 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan qiymatdan 2,4 marta ko‘p; RM2,5 219 mkg/m3 mayda zarrachalarining miqdori BSST talablaridan 43 marta ko‘p bo‘ldi.
Toshkentda chang-g‘ubor 11-sentyabr kuni va kechasi davomida saqlanib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter