Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar soni oshdi

Koronavirusga chalinganlar soni oshdi

2020-yil 13-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2596 (+28) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Bugun kun davomida qayd etilgan 49 nafar yangidan kasallanish holatlarining 22 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring