Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi: «Mahalliy  budjetdan yo‘llarni asfalt qilish uchun 2 mlrd so‘m ajratildi»

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi: «Mahalliy  budjetdan yo‘llarni asfalt qilish uchun 2 mlrd so‘m ajratildi»

Foto: «Xabar.uz»

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev Toshkent shahar hokimligi binosida ommaviy axborot vositalari vositalari xodimlari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot berdi, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. Jumladan, «Toshkent oqshomi» gazetasi muxbiri hokimga quyidagi savol bilan murojaat qildi:

— Hozir 4ta sektor ish olib borayapti, lekin baribir ichki yo‘llar, mahallalardagi yo‘llar hali ham qoniqarli holda emas, keyin ko‘p qavatli uylarning fasadlarini tartibga keltirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilyaptimi?

— Ko‘rilyapti, masalan Qorasuv 6 dahasiga borsak, aholi bizni chapak chalib kutib olyapti. Sababi mana 10 kun bo‘ldiki yo‘llar to‘g‘rilanyapti, Prezidentimizning qaroriga asosan, mahalliy  budjetdan yo‘llarni asfalt qilish uchun 2 mlrd. so‘m ajratildi — deb javob qildi Shavkatbek Irgashev. — Eng yomon ahvol Qorasuv 6 da edi. Mana endi o‘sha yillar davomida aholini qiynab kelgan masalalar hal qilinyapti.

Sektorlar faoliyatiga kelsak, buning ahamiyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida to‘rtta tarmoqqa — hokim, ichki ishlar, soliq, prokuror uyma-uy yurib, aholining barcha muammolarini hal qilish, ijtimoiy muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilikning oldini olishdan iborat.

Fasadlarga kelsak, bu masalada ko‘p narsa aholining o‘ziga bog‘liq. Uy-joy mulkdorlar qonunida bu haqda hamma narsa belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, aholi yig‘ilish o‘tkazib, istagan masalasini hal qilishi mumkin. Aholi ko‘pincha shirkatdan shikoyat qilib murojaat qilishadi, biz ularga qonun doirasida tushuntirishga harakat qilamiz, qo‘limizdan kelgancha yordam beramiz. Lekin bu — aholining o‘zi hal etishi kerak bo‘lgan masala.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring