Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budjetdan ajratilgan pul o‘zlashtirilib ketyapti

Budjetdan ajratilgan pul o‘zlashtirilib ketyapti

Foto: Prezident matbuot xizmati

Birlamchi tibbiyot muassasalarini dori va tibbiyot vositalari bilan qo‘shimcha ta’minlashga joriy yil investitsiya loyihalarini optimizatsiyasi hisobidan 165 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor davomida ma’lum qildi.

Shu bilan birga davlat rahbari tibbiyotdagi korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish lozimligini ta’kidladi.

— Biz budjetdan tibbiy xizmat uchun pul ajratyapmiz, ammo bu mablag‘ joylarga borganda korrupsiya tufayli o‘zlashtirilib ketyapti. Nima uchun shu muammoni hal qila olmayapmiz? Axir paxta degan oyog‘imizga kishan bo‘lib turgan narsadan qutuldik-ku, majburiy mehnatni yo‘q qildik. Nima uchun tibbiyot ham tartibga olinmayapti? — dedi prezident.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, bir hafta muddatda investitsiya loyihalarini maqbullashtirish hisobiga har bir viloyat kesimida iqtisod qilinadigan mablag‘lar aniqlanadi.

Buning evaziga, birlamchi tibbiyot muassasalarida aholi jon boshiga dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘, 3 baravarga ko‘payadi (5 mingdan 15 ming so‘mga).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring