Buyuk Britaniyaning har beshinchi fuqarosi koronavirusni shifoxonada yuqtirib olgan
Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlarning 22 foizi virusni tibbiyot muassasalarida yuqtirib olishgan. Bu haqda hukumat ko‘magida o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib «The Daily Telegraph» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusni aynan shifoxonada yuqtirganlarning 11 foizi o‘lim bilan tugagan. Olimlarning fikricha, uzoq vaqt davomida tibbiyot xodimlari orasida ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha tavsiyalarning bo‘lmaganligi kasallikning tarqalishiga olib kelgan.
Keyingi paytlarda Buyuk Britaniyaning ko‘pgina aholisi aynan milliy sog‘liqni saqlash tizimi ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilgan kichik odamlar jamoasi orasida virusning qayta yuqish manbalaridan biriga aylanganidan xavotirlanishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter