Buyuk Britaniyadagi parlament saylovida Rishi Sunak partiyasi yengildi
Ekzit-poll natijalari Buyuk Britaniyadagi saylovda leyboristlar g‘alaba qozonganini ko‘rsatmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Leyboristlar partiyasi Jamoatlar palatasida 410 o‘rin, Konservatorlar partiyasi — 131, Reform UK — 13 o‘rin, Liberal-demokratlar — 61 o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb yozdi BBC Ipsos keltirgan ekzit-poll ma’lumotlariga asoslanib.
Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etish uchun partiya kamida 326 o‘rinni egallashi shart. Ushbu ko‘rsatkichdan oshgan partiya yetakchisi bosh vazir lavozimini egallab, hukumatni shakllantiradi.
Shu tariqa hozirgi bosh vazir, konservator Rishi Sunak hukumat rahbari lavozimini leyboristlar yetakchisi Kir Starmerga boy bermoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter