Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri iste’foga chiqdi

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri iste’foga chiqdi

Foto:«Reuters»

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Amber Radd migrantlar bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda «AiF» yozmoqda.

«Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Amber Raddning iste’fosini qabul qildi», — deb yozmoqda OAV vakillari.

Avvalroq mamlakatda Buyuk Britaniya IIV migratsiya siyosati bilan bog‘liq mojaro yuzaga kelgan edi. OAVda vazirlikda noqonuniy migrantlarning chiqarib yuborilishi borasida normativlar borligi aytilgan edi.

Gap Afrika va Karib orollaridan chiqqan  «Windrush avlodi» haqida ketmoqda. Ular Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ish kuchini to‘ldirish uchun Birlashgan qirollikka chaqirilgan.

Radd avvaliga vazirlikda migrantlarni ko‘chirib yuborish to‘g‘risida normativlar bo‘lganini rad etgan, keyinroq esa u ko‘chirilish bilan bog‘liq vaziyatdan bexabar bo‘lganini aytib, uzr so‘ragan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring