Buyuk Britaniya yettita AES quradi
Buyuk Britaniya energetika mustaqilligiga erishish uchun 2050-yilga qadar oltita yoki yettita AES qurishni rejalashtirgan. Bu haqda mamlakatning tadbirkorlik faoliyati vaziri Kvazi Kvarteng «The Telegraph»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Kelayotgan payshanba kuni muhokama qilinadigan energetika xavfsizligi strategiyasi hukumatga 2030-yilgacha ikkita yangi yirik AES qurishni qo‘llab-quvvatlash majburiyatini yuklaydi. Hukumat doiralaridagi manbaga ko‘ra, shu o‘n yillik yakuniga borib atom energetikasi Britaniya energetika tuzilmasida ko‘rinarli joyni egallaydi.
«Great British Nuclear» loyihasini amalga oshirish yuqori tezlikdagi temir yo‘l qurayotgan «HS2 Ltd» kabi davlat kompaniyasiga topshirilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter