Buxoroning ikki tumanida hokim o‘zgardi
Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov lavozimidan ozod etildi. 2021 yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi bo‘ldi.
Shuningdek, Vobkent tumani hokimi vazifasida 2021 yildan beri ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashganligi sababli o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter