Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik qidiruvdagi shaxs Rossiyada qo‘lga olindi

Buxorolik qidiruvdagi shaxs Rossiyada qo‘lga olindi

Foto: «News.yandex.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tegishli normativ huquqiy hujjatlari asosida keng qamrovli «Qidiruv» tezkor-profilaktik tadbirlari e’lon qilingan. Bunda ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari, hududiy ichki ishlar boshqarma, bo‘lim va bo‘linmalari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyat sodir etib, javobgarlikdan qutulish maqsadida surishtiruv, dastlabki tergov hamda sud idoralaridan yashirinib yurgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qidirib topish, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish hamda javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash maqsadida bir qator tezkor qidiruv va profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bunday qidiruv tadbirlari alohida tarkibda tuzilgan maxsus guruhlar tomonidan respublikamiz va viloyatimizning barcha hududlari, qolaversa, chet mamlakatlarda ham olib borilmoqda.

Qidiruv tadbirlarining reja asosida tashkil etilishi natijasida hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan qidiruv e’lon qilingan shaxslarni ham qidirib topish va ularni qonun ixtiyoriga topshirish imkonini bermoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 46,166-moddasi 1-qismi hamda 277-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, sud idoralaridan yashirinib yurganligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan 2020-yil 4-iyun kunidan buyon qidiruv e’lon qilingan, Buxoro shahar S.Jo‘ra ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1973-yilda tug‘ilgan A.B. ismli shaxs Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyati, Solnechnogorsk tumani xududida qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga yuborildi hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring