Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik 57 yoshli erkak «COVID-19»ning og‘ir kechishi tufayli vafot etdi

Buxorolik 57 yoshli erkak «COVID-19»ning og‘ir kechishi tufayli vafot etdi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 57 yoshli Z.E.da (erkak) joriy yil 3-iyul kuni «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, parkinsonizm kasalligi bilan ham og‘rigan.Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Mazkur o‘lim O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 112-holatdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring