Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi yurish marafonida O‘ktam Barnoyev va Shahram G‘iyosov ishtirok etdi

Buxorodagi yurish marafonida O‘ktam Barnoyev va Shahram G‘iyosov ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yilning 18 dekabridagi «Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan joriy yilning 12 may kuni Buxoro shahrida «Men sog‘lom turmush tarafdoriman» shiori ostida yurish bo‘yicha marafon va «Buxoro» sport majmuasida ommaviy badantarbiya o‘tkazildi. Marafonni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshqarib bordi.

Shu kuni ertalab viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilot mutasaddilari va xodimlari, taniqli estrada xonandalari va kino aktyorlari, talabalar, umuman olganda, sog‘lom turmush tarzini salomatlik asosi deb bilgan hamyurtlarimiz Buxoro neft va gaz sanoati kolleji yonida jam bo‘lishdi. Tadbirda boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosovning ishtirok etgani sport bilan shug‘ullanish barcha uchun ahamiyatli ekanligini isbotladi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi tomonidan yosh kartingchilarning ham ishtiroki ta’minlandi.

O‘n ming nafarga yaqin marafon qatnashchilari Buxoro neft va gaz sanoati kollejidan «Buxoro» sport majmuasiga bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi. Majmuada esa badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev sog‘lom turmush tarzining ahamiyati xususida so‘z yuritar ekan, endilikda bu kabi tadbirlarni keng qamrovda va doimiy tarzda ravishda o‘tkazib turilishini ta’kidladi.

Sog‘lom turmush tarzining muhim shartlaridan biri bo‘lgan yurish va badantarbiya targ‘ibotiga hissa qo‘shish, bu borada aholi qiziqishini oshirishda barchani faollikka chorladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, inson salomatligi 55 foiz holatda sog‘lom turmush tarziga, 20 foizi yashayotgan ekologik muhitiga, 15 foizi irsiy omillarga, bor yo‘g‘i 10 foizi tibbiyotga bog‘liq ekan. Demak, sog‘lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan xoli, chiroyli va baxtli yashash omilidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring