Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi 102 masjidda hayit namozi o‘qildi (foto)

Buxorodagi 102 masjidda hayit namozi o‘qildi (foto)

O‘zbekiston masjidlarida 28 iyun erta tongdan Qurbon hayiti namozi o‘qildi. Masjidlarga minglab musulmonlar yig‘ildi. Xuddi shunday namozlar Buxoroning 102 ta masjidida o‘qildi.

Jumladan, Buxoro shahridagi Boloi Hovuz masjidida to‘plangan besh mingdan ortiq aholi dastlab imomning Qurbon hayitining xayrli ayyomligi, yurtimizda islom dini rivoji va ma’naviy qadriyatlarimizni asrash borasida qilinayotgan ishlar haqidagi ma’ruzasini tinglashdi.

«Ayni paytda joylarda Qurbon hayiti munosabati bilan ulamolar, imom-xatiblar, faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mutasaddi va saxovatpesha homiylar tomonidan saxovat tadbirlari doirasida kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda»,-dedi viloyat bosh imomi Jobir Elov.

Bola Hovuz majmuasi - Registon maydonidagi yagona saqlanib qolgan yodgorlikdir. U amir qal’asi Arkning to‘g‘risida joylashgan. Majmua hovuz, masjid va minoratdan iborat. Majmuaning eng qadimiy qismi Bolo-hovuz (ma’nosi «bolalar hovuzi») hisoblanadi. U Buxoroda saqlanib qolgan hovuzlardan bittasi hisoblanadi. Bolo-Hovuz – machiti 1712 yilda Buxoro hukumatining xotini qarori asosida qurilgan.

Tarixga ko‘ra, Amir Shohmurod (1785-1800) ushbu machitni xalqqa yaqin bo‘lish maqsadida jamoat ibodati uchun uchun qurgan. O‘sha davrda Buxoro amirligida madaniy, iqtisodiy jihatdan inqirozga uchragan bo‘lishiga qaramasdanBuxorodagi eng chiroyli machit qurib bitkazilgan.

«Ushbu ko‘p ustunli ajoyib ayvonli machit 18-asrga tegishli. Jozibador ustunlarga tirangan ayvonning yog‘ochli shifti yog‘och o‘ymakorligi va gulli hamda geometrik naqshlar bilan bezatilgan. U yerda asosan shahar hukmdorlari ibodat qilishgan. Boloyi hovuz masjidi esa 1923-1924-yillarda Ashtarxoniylar hukmdori Abulfayzxon davrida qurilgan. Masjid qurulishi Ashtarxoniylar malikasi Sitorai Mohi Xossa nomi bilan bog‘liq. Buxoro amiri Amir Shohmurod tomonidan ko‘chirilgan vaqf hujjatlariga ko‘ra, Sitorai Mohi Xossa tomonidan bunyod etilgan»,-dedi Jobir Elov.

Bildirilishicha, ushbu majmua masjid, xonaqoh, madrasa, minora va hovuzdan iborat bo‘lgan. Masjid 20 ustundan iborat.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring