Buxoroda Spark ariqqa tushib ketdi

Kecha, 25-aprel kuni Buxoro shahrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida «Spark» avtomobili ariqqa tushib ketdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 25-aprel kuni soat taxminan 00:12 larda Buxoro shahri Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasidan Zulfiya ko‘chasi tomon harakatlanib borayotgan «Spark» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l yoqasidagi beton ariqqa tushib ketgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida Spark avtomashinasida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi va haydovchi yengil tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter