Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda shirakayf bezorilar turkiyalik haydovchini do‘pposlashdi

Buxoroda shirakayf bezorilar turkiyalik haydovchini do‘pposlashdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

9-yanvar kuni soat 19:20 larda Buxoro viloyati, Jondor tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 303 km.da, 31 yoshli G.X. va 30 yoshli J.R.lar mast holatda yo‘lning chekkasida turvolib, bezorilikka qo‘l urishadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular Turkiya fuqarosi 63 yoshli M.D. boshqaruvida bo‘lgan Turkiya davlat raqam belgili «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomashinasiga hech bir sababsiz toshlar otib, uni to‘xtatishib, haydovchi M.D.ni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.

Fuqaro M.D.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan qonga o‘xshash dog‘lar olingan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan G.X. va J.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,d» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan qariyaga nisbatan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring