Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘qishga joylab qo‘yishga va’da bergan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda o‘qishga joylab qo‘yishga va’da bergan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda qo‘shni davlatdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Olot tumani «Soinqorovul» mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan U.M. bir fuqaroni aldab, uning farzandini Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi xususiy Universitetga o‘qishga kiritishni va’da qilib, buning evaziga 2021 yilning sentyabr va dekabr oylari oralig‘ida 14 mln. so‘m pullarini olib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Shuningdek, ushbu shaxs o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, yana bir sodda fuqaroning ishonchiga kirib, uning farzandini ham mazkur Universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 2021 yil sentyabr va 2022 yilning fevral oylari oralig‘ida 14,0 mln so‘m pullarni aldov yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ham o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ushbu har ikkala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring