Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda kitob aksiyasi tashkil etildi

Buxoroda kitob aksiyasi tashkil etildi

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Buxoro shahar «Barkamol avlod» bolalar markazi tomonidan «Kichkintoy» bolalar o‘yingohida «Bir maqsad yo‘lida birlashamiz» shiori ostida «Kitob ko‘ngil chirog‘i» nomli aksiya - tadbiri tashkil etildi.

Aksiya davomida har bir ishtirokchiga kitob va kitobxonlik haqida bir qator savollar berildi. Savollarga javob bergan ishtirokchilarga markaz to‘garak a’zolari tomonidan yasalgan buyumlar hamda markazdagi yosh shoiralarning kitoblaridan bir nusxadan sovg‘a sifatida taqdim etildi.

Aksiya-tadbirda hudud aholisi, talabalar, yosh kitobxonlar, o‘quvchilarning ota-onalari faol ishrirok etishdi. Aksiya-tadbir o‘z maqsadiga erishdi. Buxoro shahar «Barkamol avlod» bolalar markazida bunday aksiyalar, targ‘ibot tadbirlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring