Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘ndan ortiq erkakka tanosil kasalligini yuqtirgan ayol aniqlandi

Buxoroda o‘ndan ortiq erkakka tanosil kasalligini yuqtirgan ayol aniqlandi

Foto:«Sputnik»

Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda Qorako‘l tumanida yashovchi 26 yoshli ayol, 2021-yilning 20-may kunidan e’tiboran tanosil kasalligini yuqtirib olgan shaxs sifatida Teri-tanosil kasalliklar dispanseri tomonidan ro‘yxatga olingan.

Ayol tanosil kasalligini boshqa shaxslarga yuqtirmaslik, bunday xatti harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantirilib tilxat olingan bo‘lishiga qaramasdan joriy yilning 25 may kunidan 6 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Jondor tumanida yashovchi 25-30 yoshlar atrofidagi 10 dan ortiq shaxslar bilan turli joylarda himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lgan, ushbu fuqarolarga tanosil kasalligini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring