Buxoroda ham «ko‘cha»ning 38 a’zosi qo‘lga olindi
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, hududda turli turdagi jinoyatlarni fosh etish yuzasidan tezkor harakatlar boshlangan.
Reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilib, kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxslar ma’muriy qamoqqa olingan.
Harakat davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, tayyorlanayotgan jinoyatlar izini fosh etishga qaratilgan keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davomida ikki kun ichida 22 ta jinoyat fosh etilgan. Qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxslar qo‘lga olingan.
«Bu jinoyatlar orasila 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar borligi aniqlandi. Mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 137-, 164-, 168-, 276-, 251- va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ulardan 5 nafariga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llanildi»,—dedi Shuhrat Jalolov.
Avvalroq, Toshkent shahri va viloyati, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo kabi hududlarda ham shunday tadbirlar o‘tkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter