Buxoroda bir qator IIB mansabdorlari ishdan olindi

Buxoroda bir qator IIB amaldorlari ishdan olindi, boshqalariga chora ko‘rildi.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha Ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan, viloyat hamda tuman-shahar ichki ishlar organlarining mas’ul rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi.
Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazi boshlig‘i, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i hamda yana bir o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i, shuningdek Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining ikki nafar o‘rinbosari, viloyat IIB Kotibiyat boshlig‘i, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter