Buxoroda bank xodimi 41 ta odamning plastigidan 21,9 mln so‘m o‘g‘irlagani aniqlandi
Buxorodagi bank xodimi odamlarning plastik kartalaridan pullarini o‘g‘irlab olgani aniqlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro IIBga o‘zining plastik kartasidan pullar o‘g‘irlangani haqida murojaat qilgan. Shu murojaatga asosan o‘tkazilgan tezkor-tadbirda pullarni o‘g‘irlagan shaxs bank xodimi ekani aniqlangan.
G‘ijduvon tumanidagi bank filiali sayyor kassasining 2002 yilda tug‘ilgan kassiriga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida bank xodimi 2022 yil noyabr oyidan 2023 yil 29 may kuniga qadar fuqarolarning pensiya to‘lovlari, moddiy yordam va 2 yoshgacha nafaqa pullarini olish uchun ochilgan 41 ta plastik kartalaridan jami 21,9 mln so‘m pullarni o‘zlashtirib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Hozirda o‘g‘irlangan mablag‘larning barchasi qoplanib, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter