Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 68 yoshli ayol kutilmagan hodisa qurboni bo‘ldi (video)

Buxoroda 68 yoshli ayol kutilmagan hodisa qurboni bo‘ldi (video)

Videodan kadr

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 28 iyul kuni Isuzu urib yuborgan temir to‘siq 68 yoshli ayolning boshiga tegib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Holat Buxoro viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, aniqlanishicha, 28 iyul kuni soat 10 atrofida G‘ijduvon tumani «Degrezon» mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48-avtomobil yo‘lining 272-kilometrida G.S. ismli shaxs Isuzu rusumli avtomashinani boshqarib kelib, yuk avtomobillarining harakatlanishiga cheklov o‘rnatilgan temir quvur bilan jihozlangan to‘siqni urib yuborgan.

Oqibatda to‘siq yo‘lni kesib o‘tayotgan, tumanning «Ulfatbibi» mahallasida yashovchi 68 yoshli R.Z.ga borib tegib, tuman kasalxonasida olib borilgan kechiktirib bo‘lmas tibbiy muolajalarga qaramasdan, u vafot etgan.

Hozirgi kunda G‘ijduvon tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring