Buxoroda 15 yoshli bola o‘z onasidan shikoyat qildi
Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli M.M. (o‘g‘il bola) Bolalar ombudsmani kotibiyatiga o‘z onasidan shikoyat qildi.
M.M. o‘z murojaatida onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgani, shu sababli 2023-yildan buyon onasidan alohida, buvisi qaramog‘ida yashab kelayotganini bildirgan. Shuningdek, M.M. uning otasi aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum qilinganligini bildirib, singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasida amaliy yordam so‘ragan.
Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy vaziyati o‘rganilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi holatni o‘rganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta’minlay olishi to‘g‘risidagi berilgan xulosasi asosida M.M. ga va uning singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilandi.
Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham Bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo‘lishi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter