Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyatidagi barcha maktablarda o‘qish an’anaviy tarzda boshlanadi

Buxoro viloyatidagi barcha maktablarda o‘qish an’anaviy tarzda boshlanadi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati

Buxoro viloyati hokimligining tegishli bayoniga asosan, ertaga, 23-yanvardan viloyatdagi mavjud 530 ta umumta’lim maktabining barchasida o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy tarzda boshlanadi.

Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 23-yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishini, qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar berilishini ma’lum qilgandi.

Shu paytgacha Toshkent shahridagi 57 ta, Namangan viloyatidagi 18 ta maktabda ertadan darslar onlayn o‘qitilishi ma’lum bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring