Buxoro dorixonalarida virusga qarshi dori vositasi qolmadi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi «Ergoferon» dori vositasining sotilishi bo‘yicha tekshiruv olib bordi.
Mazkur preparat Buxoro shahrida so‘ngi marotaba 9 iyul kuni 40 ming so‘mdan 55 minggacha sotilgan. Buxoro tuman, Kogon shahri, Jondor va Peshko‘ viloyatlarida so‘ngi marta 13 iyul kuni 45 dan 48 mingacha haridi amalga oshirilgan. G‘ijduvon, Shofirkon, Romigan tumanlarida o‘rtacha 42 mingdan 50 ming so‘mgacha sotilgan. Viloyatning Olot, Qorako‘l tumani aholisi uchun mazkur dori so‘ngi marotaba 10 iyul’ kuni 44 mingdan 48 mingacha sotilgan. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda virusga qarshi samarali vosita hisoblangan «Ergoferon» dorisi Buxoro viloyati hududlaridagi dorixonalarining birortasida qolmagan.
Virusli infeksion kasalliklarda: A grippi va V grippi, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (paragripp, adenoviruslar, respirator-sinsitial viruslar, koronaviruslar chaqirgan), gerpesvirusli infeksiyalar (labial gerpes, oftalmogerpes, genital gerpes, o‘rab oluvchi gerpes, suvchechak, infeksion mononukleoz), virusli etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalari (kalitsiviruslar, koronaviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar chaqirgan), enterovirusli va meningokokkli meningitlar, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, kana ensefalitida Ergoferon komponentlarini qo‘llash samaradorligi eksperimental va klinik jihatdan tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter