Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘qishga kiritish evaziga fuqarodan pul talab qilgan firibgar ushlandi

Buxoroda o‘qishga kiritish evaziga fuqarodan pul talab qilgan firibgar ushlandi

Buxoro davlat universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 1500 dollar olgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro  D.S. boshqa bir fuqaro N.H.ning o‘g‘lini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring