Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi B.O‘. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanishlari orqali ushbu ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga boshqa bir fuqaro Sh.orqali 4 000 AQSh dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring