Buxoro davlat tibbiyot instituti imtihoniga 20 nafar abituriyent kiritilmadi
Avval xabar berganimizdek, Bugun, 1 avgust kuni Buxoro shahridagi «Semurg‘» va «Yoshlik» sport majmualarida Buxoro davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirish imtihonlarining birinchi kuni yakuniga yetdi.
Institut matbuot xizmatining xabar qilishicha, test sinovlari chog‘ida abituriyentlar hamda ularning ota-onalari e’tirozlariga sabab bo‘lgan voqea-hodisa kuzatilmagan.
Ta’kidlanishicha, imtihon tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan 20 nafar abituriyent imtihonga kiritilmagan.
Buxoro davlat tibbiyot institutiga kirish imtihonlari ertaga, 2 avgust kuni ham davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter